Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari

Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari

  • 03.04.2025
  • 8
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 10-11-oktabr kunlari otkazilishi rejalashtirilayotgan “Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻyicha

ASOSNOMA

1. Anjuman mavzusi. "Tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari".

“Актуальный проблемы языкознания и литературоведения”.

2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish uchun asos bo'lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2021-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanda muayyan, darajada xizmat qiladi.

Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qator buyruq va ko‘rsatmalari asos qilib olindi.

4. Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari.

Mamlakatimizda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining o‘z o‘rni va mavqeiga ega “Qiyosiy chog‘ishtirma tilshunoslik”, “Tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik” matbaa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Anjuman iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida soha korxonalarining ishlab chiqarishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani oʻrganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratiladi. Jahon talablariga mos innovatsion metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy- tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

Respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini amalga oshirishning muammolari va yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish.

6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.

Anjuman iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-amaliy dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.

7.Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.

Anjumanda respublikamizdagi oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokaına qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag'batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda institutda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinadi.

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

 

Mazkur xalqaro anjumanga respublika tilshunoslar olimlari, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Germaniya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belorussiya, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyuradi.

9. Anjumanni oʻtkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.

Anjumanda tilshunoslik va qiyosiy chog‘ishtirma tilshunoslik oid yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘YU yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.