TISU “INNOWEEK–2025” XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIDA

TISU “INNOWEEK–2025” XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIDA

  • 13.10.2025
  • 31
Blog Image

2025-yil “INNOWEEK–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan loyihalar ko‘rgazmasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi o‘zining ilg‘or innovatsion ishlanmalari va ilmiy g‘oyalari bilan faol ishtirok etdi.

 

Ko‘rgazma davomida TISU jamoasi sanoat va ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi korxonalar vakillari bilan samarali fikr almashib, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Natijada bir nechta ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ularni amaliy faoliyatga tatbiq etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

 Ayniqsa, universitet tadqiqotchilari tomonidan taqdim etilgan “PEGANUM HARMALA” shifobaxsh choyi loyihasi ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlarining alohida e’tiborini qozondi. Ushbu loyiha tabiiy xomashyodan tayyorlanadigan, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi, ekologik toza mahsulot sifatida yuqori baholandi.

 

 Loyiha doirasida “XAYDAR SIFAT XK” MCHJ bilan 100 million so‘mlik tijorat shartnomasi imzolandi. Bu kelishuv universitet ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish va innovatsion ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

 

Mazkur hamkorlik “PEGANUM HARMALA” loyihasi o‘zbek brendi sifatida xalqaro bozorda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

 

E’tiborga molik jihati shundaki, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ushbu ko‘rgazmada qatnashgan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida eng faol va samarali natijalarga erishgan jamoalardan biri bo‘ldi.