Ilmiy yutuqlar

2025-yil “INNOWEEK–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan loyihalar ko‘rgazmasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi o‘zining ilg‘or innovatsion ishlanmalari va ilmiy g‘oyalari bilan faol ishtirok etdi.
Universitet tadqiqotchilari tomonidan taqdim etilgan “PEGANUM HARMALA” shifobaxsh choyi loyihasi ko‘rgazma ishtirokchilari e’tiborini qozonib, yuqori baholandi. Ushbu loyiha doirasida “XAYDAR SIFAT XK” MCHJ bilan 100 million so‘mlik tijorat shartnomasi imzolandi.
Mazkur muvaffaqiyatli natijalar uchun universitetimiz Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi Zohidjon Jo'rayev va Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bosh mutaxassisi - Shahzod Maxmatraimov 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.