TISUda rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning muammolarini hal etish, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori A. Absamatov, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, sport infratuzilmasi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda talabalar hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.Shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini yozish va chet tili sertifikatlarini olish jarayonlariga oid masalalar ham muhokama qilindi. Rektor va rahbariyat a’zolari tomonidan har bir masala bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi, ayrim muammolar joyida hal etildi.
Tadbir samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Uchrashuv yakunida rektor A. Absamatov talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini, ularning har bir fikri universitet hayotini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.