Qizlar – jamiyat ko‘rki va kelajak bunyodkori

Qizlar – jamiyat ko‘rki va kelajak bunyodkori

  • 13.10.2025
  • 35
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda faol qizlar ishtirok etishdi.

 

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi, o‘zini namoyon etish va orzular sari dadil intilish masalalari haqida so‘z yuritildi.

 

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Tilaklar doskasi” ishtirokchilarga o‘zlarining eng samimiy orzu-istaklarini yozib qoldirish imkonini berdi. Har bir tilakda mehr, ezgulik va kelajakka ishonch mujassam edi.

 

 Tadbirda universitet xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Norbosheva so‘zga chiqib, qizlarni o‘z ustida tinimsiz ishlashga, bilimli, zamonaviy, vatanparvar ayollar sifatida kamol topishga da’vat etdi.