“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi

  • 13.10.2025
  • 20
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

 

 Tadbaming asosiy maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan e’tiborini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

 

 Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va chaqqonligi namoyon etdilar. Bahslar jarayonida har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchi bilan harakat qilib, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhitida bellashdilar.