TISU talabalari taqdirlandi

TISU talabalari taqdirlandi

  • 15.10.2025
  • 21
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yozgi ta’til davrida talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli sohalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.

 

Loyiha doirasida o‘tkazilgan tanlovlar talabalarning san’at, madaniyat, texnologiya, axborot xavfsizligi va kitobxonlik kabi yo‘nalishlardagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga, eng faol yoshlarni aniqlashga xizmat qildi.

 

Bugun g‘oliblar ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari e’lon qilindi:

 

  • “Yurtim jamoli” – Tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi;
  • “Aktyor talaba” – videoroliklar tanlovi;
  • “Yosh iste’dodlar” – estrada va xalq qo‘shiqlari tanlovi;
  • “Yosh kitobxon talaba” tanlovi;
  • “IT-startap va dasturlash loyihalari” tanlovi;
  • “Kiberxavfsizlik — yoshlar nigohida” videoroliklar tanlovi;

 

Tanlov g‘oliblari universitet tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.