TISUda xalqaro konferensiya

TISUda xalqaro konferensiya

  • 17.10.2025
  • 15
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tilshunoslik va til ta’limidagi innovatsiyalar: global yo‘nalishlar va mahalliy nuqtayi nazarlar” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boshlanish arafasida.

 

Mazkur konferensiya bugungi kunda tilshunoslik sohasida kechayotgan yangilanishlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish va uni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbirda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, xorijiy universitetlar vakillari hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etishlari kutilmoqda.

 

Konferensiyaning faxrli mehmonlari sifatida quyidagi xalqaro olim va mutaxassislar ishtirok etishadi:

  • Dr. Ahmad Bukhori Muslim Indoneziya ta’lim universiteti,
  • Amirsaid Sadikov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakili,
  • Dotsent Aysel Xalilova Ozarbayjon Iqtisodiyot davlat universiteti,
  • Prof. Dr. Sevtap Kadioğlu Istanbul universiteti,
  • Prof. Eri Kurniawan Indoneziya ta’lim universiteti,
  • Elmira Ismailova Ozarbayjon universiteti.

Tadbirni universitet ta’sischisi J. Pardayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsiyalarni joriy etish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, xorijiy tajribani o‘rganish va uni mahalliy sharoitda tatbiq etish zarurligini ta’kidladi. 

 

Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S. Eshkarayev so‘zga chiqib, konferensiyaning asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtaldi. 

 


Kelgan xorijiy mehmonlar orasida birinchilardan bo‘lib Dr. Ahmad Bukhori Muslim (Indoneziya ta’lim universiteti)  “Til ta’limidagi innovatsiyalar: Indoneziya tajribasi” mavzusida taqdimot qildi.