Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari Kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolashgacha

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari: Kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolashgacha” mavzusida
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻyicha
ASOSNOMA
1. Anjuman mavzusi. “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari: Kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolashgacha”.
«Актуальные проблемы профилактической медицины: от профилактики заболеваний до высокотехнологичного лечения»
2. Anjuman maqomi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.
3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish uchun asos bo ‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni, 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish KONTSEPTSIYASI, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlar asos qilib olindi.
4. Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari. Anjuman sog‘liqni saqlash, fan va tibbiy ta ‘limning ustuvor muammolariga qaratiladi. Bugungi kunda mamalakatimiz tibbiyot tibbiyot tizimida keng uyraydigan kasalliklar, ularning sabablari, tashxislash va davolashning zamonaviy ilg‘or usullari, shuningdek, profliaktik tibbiyotning iqtisodiy jihatdan samarali, klinik amaliyotga muqobil usullarini tatbiq etishning ilmiy va tashkiliy masalalariga bag‘ishlanadi.
Tibbiyotning barcha sohalarida keng uchraydigan, aholi salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan kasalliklar profilaktikasidan yuqori texnologiyali davolash usullarigacha bo ‘lgan muammolarning yechimlari muhokama qilinadi. Shuningdek, mamlakatimiz, jumladan voha tibbiyotini rivojlantirishning ilg‘or, zamonaviy, keng qamrovli va innovatsion usullari, bu sohada malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash jarayonining ustuvor muammolari muhokama qilinadi.
5. Muhokama qilinadigan muammolar.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mutaxassis-olimlar hamkorligida umumiy xirurugiya va xirurgik stomatologiyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bilan kasalliklarni tashhislash va davolashning samaradorligini o‘quv jarayonlariuf tatbiq etish muammolari muhokama qilinadi va oʻzaro fikr almashiniladi.
6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnik dasturlari, xalqaro ilmiy dasturlari bilan bog‘liqligi.
Anjuman Davlat ilmiy dasturlari hamda xalqaro hamkorlik dasturlari bilan bog‘liq.
7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.
Ilmiy anjumanda ilgari surilgan diagnostika, davolash va profilaktik usullar mamlakatimiz, jumladan voha amaliy tibbiyot sohalariga tatbiq etiladi. Ilg‘or texnologiyalarni amaliy tibbiyotga joriy etish kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolash jarayonida yangi imkoniyalarni yaratadi. Ilgari surilgan taklif va tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritiladi va tibbiy kadrlar tayyorlash samaradorligi oshadi. Shu orqali amaliy tibbiyot va tibbiy ta’lim sohalarida iqtisodiy samarali usullar joriy etiladi.
8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.
Ilmiy-amaliy anjumanda shifokorlar, professor-o'qituvchilar, tayanch doktorant va doktorantlar, soha mutaxassislari, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar, magistr va bakalavr talabalar ishtirok etadilar.
9. Anjumanni o'tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarning ishtiroki.
Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davlat va xususiy shifoxonalar mutaxassislari va respublikadagi tibbiyot davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tekshirish institutlari va markazlari olimlarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.