Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim ta'lim jarayonida samarali o'qitish amaliyoti, muammolari, yechimlari

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 21-22-noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim: ta’lim jarayonida samarali o‘qitish amaliyoti, muammolari, yechimlar” mavzusida Xalqaro miqyosidagi
ilmiy-amaliy anjuman bo‘yicha
ASOSNOMA
1. Anjuman mavzusi. “Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim: ta'lim jarayonida samarali o'qitish amaliyoti, muammolari, yechimlari”.
«Дошкольное и начальное образование: практика эффективного обучения, проблемы, решения».
2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.
3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g‘risidagi Qonun (O‘RQ-595-son, 16.12.2019): Ushbu qonun maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda maktabgacha ta’limning asosiy tushunchalari, prinsiplari va davlat siyosatining yo‘nalishlari belgilangan.
2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PQ-4312-son, 08.05.2019): Mazkur qaror maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Konsepsiya doirasida maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bolalarning sifatli ta’lim bilan qamrovini oshirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.
3. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror (802-son, 22.12.2020): Ushbu qaror ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan. Davlat standarti ta’lim-tarbiya jarayonining hajmi, mazmuni va sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydi.
4. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (638-son, 12.10.2021): Mazkur qaror jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibini belgilaydi. Nizomda inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari, o‘quvchilarni qabul qilish tartibi hamda ta’lim sifatini nazorat qilish masalalari yoritilgan.
4. Anjumanning ilmiy yo'nalishi, maqsad va vazifalari.
Bugungi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining o‘z o‘rni va mavqeiga ega “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)”, “Boshlang‘ich ta’lim” hamda “Maktabgacha ta’lim” mutaxassislik va yo‘nalishlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro'yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Anjuman maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini izchil tarzda rivojlantirishning zamonaviy asoslari, oliy va professional ta'lim muassasalarida talabalarning bilim olish jarayoni ta’lim mazmuni, sifati, ta'lim dasturlari, texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy boshlang‘ich ta’limda samarali o‘qitishning mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtidorli yoshlarning samarali o‘qitish g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratiladi. Shuningdek, jahon talablariga mos samarali o‘qitish metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy- tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.
Shu bilan birga, oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar, shuningdek. tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro ta’lim jarayonida samarali o‘qitish amaliyotida ishtirokini faollashtirish orqali, zamonaviy o‘qitish amaliyotida hamkorlikni mustahkamlashni ta‘minlashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchi hamda iqtidorli yoshlarning samarali o‘qitish g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, rag‘batlantirish.
5. Muhokama qilinadigan muammolar.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini izchil tarzda rivojlantirishning zamonaviy asoslari, ta’lim muassasalarida talabalarning bilim olish jarayoni, ta’lim mazmuni, sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy boshlang‘ich ta’limda samarali o‘qitishning muammo va yechimlari muhokama qilinadi.
6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.
Anjuman tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog'liq.
7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.
Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituchilar hamda bo‘lajak pedagoglarning maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida samarali o'qitish amaliyoti, muammolari hamda yechimlarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida samarali o‘qitish amaliyoti, muammolari va yechimlarining natijalari tahlil qilinadi.
8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.
Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Chexiya, Xorvatiya, Belgiya, Yoponiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikston, Turkmaniston, Afg‘oniston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyuradi.
9. Anjumanni oʻtkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.
Anjumanda pedagogik yo‘nalishlarga iqtisoslashtirilgan Oliy ta’lim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘YU yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilari, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog-xodimlarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.