Iqtisodiy transformatsiya sharoitida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning dolzarb masalalari

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 5-7-iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Iqtisodiy transformatsiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘yicha
ASOSNOMA
1. Anjuman mavzusi. “Iqtisodiy transformatsiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning dolzarb masalalari”.
“Актуалные вопросы обеспечения устойчивого экономического роста в условиях экономической трансформатсии”
2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.
3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qator buyruq va ko‘rsatmalari asos qilib olindi.
4. Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari.
Mamlakatimizda xususan, viloyatimizda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘z o‘rni va mavqeiga ega. Investitsiyalar, sanoat va savdo, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik kabi qator iqtisodyot tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab berishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Anjuman iqtisodiyotning transformatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlashda ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi korxonalaridagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratiladi. Jahon talablariga mos innovatsion metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.
Oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan malakali prof-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro integratsion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirish.
5. Muhokama qilinadigan muammolar.
Iqtisodiy transformatsiya sharoitida respublikamiz va uning xududlarida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni amalga oshirishning muammolari va yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish.
6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.
Anjuman tajribali prof-o‘qituvchilar va mutaxassislar, iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.
7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.
Anjumanda respublikamiz va xorijdagi tajribali prof-o‘qituvchilar va mutaxassislar, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinadi.
8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.
Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belorussiya, Chexiya, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor- o‘qituvchilari ham tashrif buyuradi.
9. Anjumanni o‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.
Anjumanda iqtisodiyotning bir qator tarmoq va sohalarrining yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘Yu yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.