Xalqaro tajriba ta’limni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari

Xalqaro tajriba ta’limni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari

  • 03.04.2025
  • 9
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 16-17-mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Xalqaro tajriba: ta’limni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘yicha

ASOSNOMA

 

  1. Anjuman mavzusi. “Xalqaro tajriba: ta’limni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari”.

“Международный опыт: перспективы развития Туризма в условиях модернизации образования”.

2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qator buyruq va ko‘rsatmalari asos qilib olindi.

4. Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari.

Jahonda turizm sohasini, ayniqsa turizm sohasini rivojlantirish salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarning iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning hudud iqtisodiyotiga qo‘shadigan xissasini oshirishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning barqaror rivojlanish maqsadlarida ko‘zda tutilgan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarda barqaror rivojlanishni ko‘zda tutuvchi 2030 yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan hisoblangan kambag‘allikni qisqartirish, munosib mehnat sharoitlari va iqtisodiy o‘sishni, sog‘lik va farovonlikni taʼminlash kabi masalalarga alohida eʼtibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 5 dekabrdagi PF-5273-son «Chorvoq» erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son «Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni, magistr va doktorant olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni halqaro integratsion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovatsion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat.

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

Respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni, olimlar hamda xorijiy olimlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini amalga oshirishning muammolari va yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish.

6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.

Anjuman iqtidorli yoshlar bilan birga ollimlarimiz ishtirokidagi Davlat ilmiy-iqtisodiy dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik. Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar hamda ushbu yo’nalishda faoliyat yuritayotgan olimlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Yaponiya, Chexiya, Singapur, Gretsiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belorussiya, Tojikston, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyurishaadi.

9. Anjumanni o‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.

Anjumanda Turizm tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘YU yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari tadqiqotchilarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.