Ilmiy yutuqlar
ILMIY YUTUQLAR EGASI E'TIROF ETILADI
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi universitet nufuzini yuksaltirish hamda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Jurayev Xusan Atamuratovichni navbatdagi ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi.
2026-yilda Jurayev Xusan Atamuratovichga dotsent ilmiy unvoni berildi.
Mazkur yutuq ustozning ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy izlanishlari hamda oliy ta'lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatining munosib e'tirofidir.Ustozning ilmiy faoliyati quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topgan:
Scopus bazasida indekslangan ilmiy maqolalar — 7 ta;
Impact Factor jurnallaridagi ilmiy maqolalar — 30 ta;
OAK ro‘yxatidagi ilmiy maqolalar — 35 ta;
Darsliklar — 2 ta;
O‘quv qo‘llanmalar — 3 ta;
Monografiyalar — 2 ta;
Patent va mualliflik guvohnomalari — 4 ta;
Scopus H-index — 1.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi Jurayev Xusan Atamuratovichni ushbu yuksak ilmiy e'tirof bilan muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi yutuqlar, mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.