Muallim kamolot ichra ko‘zgudir...
Universitetda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Bayram shukuhi oliygoh ostonasidan boshlandi.
Erta tongdanoq talaba-yoshlar ustozlarini hurmat-ehtirom bilan kutib olishdi. Universitetga kirib kelayotgan har bir ustoz uchun bu kun oddiy ish kuni emas, balki qalblarda alohida iz qoldiradigan unutilmas lahzaga aylandi.
Bayram shukuhi universitet foyesida yanada ko‘tarinki tus oldi. Bu yerda yangragan milliy kuy-qo‘shiqlar, samimiy tilaklar va quvnoq raqslar oliygoh professor-o'qituvchilarining qalbiga bayram kayfiyatini olib kirdi.
Ayniqsa, universitet psixologi Sanobar Xudoyorova tomonidan ustozlar uchun tashkil etilgan maxsus burchak ko'pchilikka manzur bo'ldi. Unda ustozlar turli qiziqarli savol-javoblarda ishtirok etib, o‘zlarining bilim va topqirliklarini namoyon etdilar. Faol ishtirokchilarga sovg'alar ulashildi.
Zero, ustoz — shunchaki bilim beruvchi emas. Ustoz — inson qalbiga yo‘l topadigan, orzu sari yetaklaydigan, kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaydigan ulug‘ zotdir.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)