My.gov.uz — qulay hayot uchun!

My.gov.uz — qulay hayot uchun!

  • 24.09.2026
  • 114
Blog Image

Termiz shahar hokimligining raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul maslahatchisi Zoir To‘raboyev ishtirokida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari uchun “My.gov.uz — qulay hayot uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

 Seminar davomida talabalarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz imkoniyatlaridan samarali foydalanish, elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish hamda raqamli platformalar bilan ishlash bo‘yicha zarur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va davlat xizmatlaridan qulay hamda tezkor foydalanish imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.