TISU — UI GreenMetric 2026 reytingida dunyoning TOP 400-500 oliygohlari qatoridan joy oldi

TISU — UI GreenMetric 2026 reytingida dunyoning TOP 400-500 oliygohlari qatoridan joy oldi

  • 25.09.2026
  • 77
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro miqyosdagi yana bir muhim natijani qayd etdi. Dunyoning eng nufuzli reytinglaridan biri — UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida TISU 7 085 ball to‘plab, dunyo universitetlari orasida 486-o‘rinni egalladi.

2026-yilgi reyting natijalariga ko‘ra, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti:

Dunyo bo'yicha — 486-o'rin
Osiyo mintaqasida — 279-o‘rin;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida — 10-o‘rin;
Xususiy OTMlari orasida — 1-o‘rin.


UI GreenMetric World University Rankings — oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyatini baholovchi xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi. 2026-yilgi reytingda dunyoning 110 davlatidan 2 016 ta oliy ta’lim muassasasi qatnashdi.

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining dunyoning TOP 400-500 universitetlari qatoridan joy olishi yurtimiz oliygohlarida barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim, ilmiy tadqiqot, boshqaruv va kampus infratuzilmasiga izchil joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasidir.

Shuningdek, ta'limga xususiy sektorning jadal kirib kelishi sog'lom raqobat muhiti yaratilishiga, sifatli va zamonaviy standartlardagi oliygohlarimizning ko'payishiga xizmat qilmoqda.