TISU — Scopus ilmiy faolligi reytingida yuqori natijani qayd etdi!

TISU — Scopus ilmiy faolligi reytingida yuqori natijani qayd etdi!

  • 16.09.2026
  • 10
Blog Image


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2025-yil Scopus ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan milliy tahlil natijalariga ko‘ra, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi ilmiy faol oliy ta’lim tashkilotlari orasida 6-o‘rinni egalladi.

 Asosiy natijalar:
 - Ilmiy faollik indeksi — 5,95
- Reyting bali — 1,162
- Scopus bazasidagi jami nashrlar — 592 ta
- Q1 jurnallardagi maqolalar — 114 ta

 - Q2 — 96 ta
 - Q3 — 27 ta
- Q4 — 45 ta
 - Top 10% nashrlar — 69 ta
 - Top 1% yuqori iqtibosli nashrlar — 26 ta

 Yana bir muhim natija: TISU 592 ta ilmiy nashr bilan ijtimoiy-gumanitar toifadagi yetakchi beshta oliy ta’lim tashkiloti qatoridan joy oldi.

Shuningdek, Top 1% yuqori iqtibosli ilmiy ishlar bo‘yicha ham universitetimiz milliy ilmiy yetakchilar safida qayd etildi. Mazkur natijalar TISU professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar chop etishi hamda tadqiqot natijalarining xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.


 Ilm-fan sari dadil qadamlar davom etadi! Universitetimiz kelgusida ham Q1–Q2 darajadagi jurnallardagi nashrlar ulushini oshirish, yuqori iqtibosli tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lida izchil ish olib boradi.