Talabalar uchun yangi imkoniyatlar!

Talabalar uchun yangi imkoniyatlar!

  • 11.09.2026
  • 28
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi xodimlari tomonidan talabalar uchun maxsus taqdimot tashkil etildi.

 Taqdimot davomida talabalarga universitetda ta’sis etilgan “Rektor stipendiyasi”, shuningdek, davlat nomdor stipendiyalarini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarni ilmiy-tadqiqot, grant va startap loyihalariga faol jalb etish, o‘z innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish hamda ularni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

TISU talabalari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ularning ilmiy salohiyati, ijodiy fikrlashi va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.