TISUda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

TISUda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 10.09.2026
  • 28
Blog Image


Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘quv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, shuningdek, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, fanlarni tanlash, kreditlarni to‘plash va akademik jarayonlarni rejalashtirish tartibini batafsil tushuntirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetning akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlash bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, akkreditatsiya jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy mezonlar, ta’lim sifati va hujjatlarni yuritish, moddiy-texnik baza hamda belgilangan talablarni to‘liq bajarish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda universitetning rivojlanish strategiyasiga muvofiq vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.