Tibbiyot fakultetida “Mustaqillik darslari”

Tibbiyot fakultetida “Mustaqillik darslari”

  • 16.09.2026
  • 10
Blog Image


 Tibbiyot fakultetida talabalar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etilib, dars jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Darslar davomida talabalarga Mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi tarixiy va bugungi ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, talabalarning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratilmoqda.