Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakultetida yangi o‘quv yili ilk dars mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Fakultetga 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan “Mustaqillik darslari” tashkil etilib, unda mamlakatimiz mustaqilligi, uning tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot yo‘li hamda yoshlar oldidagi ulkan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, talabalar universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Jumladan, oliygohda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, ichki tartib-qoidalar, talabalarning huquq va majburiyatlari, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot madaniyati hamda universitetdagi mavjud imkoniyatlar haqida tushunchalar berilmoqda.
Talabalarga HEMIS axborot tizimidan foydalanish, elektron ta’lim jarayonlari, fanlar va o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish, topshiriqlar hamda akademik faoliyat bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha ham zarur ma’lumotlar yetkazilmoqda.
.jpg)


uz
en
ru