Bitiruvchilar 2026

Bitiruvchilar 2026

  • 31.07.2026
  • 22
Blog Image

“BITIRUVCHI – 2026” tantanali diplom topshirish marosimi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, tadbir davomida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi Jamshid Pardayevning ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy bilim maskanini barpo etish hamda yoshlarning sifatli ta’lim olishi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.