Tibbiyot oliygohlarida tabiiy fanlarni interfaol usullarda o‘qitishning muammolari va yechimlari

Tibbiyot oliygohlarida tabiiy fanlarni interfaol usullarda o‘qitishning muammolari va yechimlari

  • 03.04.2025
  • 16
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 18-19-aprelda о‘tkazilishi rejalashtirilgan “Tibbiyot oliygohlarida tabiiy fanlarni interfaol usullarda oqitishning muammolari va yechimlari” mavzusida
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bо‘yicha

ASOSNOMA

 

1. Anjuman mavzusi. “Tibbiyot oliygohlarida tabiiy fanlarni interfaol usullarda o'qitishning muammolari va yechimlari”.

«Проблемы и решения преподавания естественных наук интерактивными методами в медицинских вузах»

2. Anjuman maqomi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni о‘tkazish uchun asos bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

Anjumanni o’tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi PQ-4805-sonli “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 yildagi 561-sonli “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qarorlari asos qilib olindi.

4. Anjumanning ilmiy yо‘nalishi, maqsad va vazifalari. Anjuman fan va ta’limning integratsion jarayonlaridagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tabiiy fanlarni o’qitishning ilg’or, innovatsion va interfaol usullarini o’quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy va tashkiliy asoslariga qaratiladi.

Bunda fan va ta’lim integratsiyasi sharoitida davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassalarining hamkorligini yanada rivojlantirish orqali innovatsion ta’lim texnologiyalarni shakllantirish va joriy etishdagi mavjud muammolar tahlil qilinadi, ushbu muammolarni yechish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olinadi. Bunda tibbiyot yо‘nalishlari bо‘yicha tabiiy fanlarni o’qitishda interfaol usullarni qo’llash bo’yicha natijalarining tahlili va innovatsion usullarni о‘quv jarayoniga tatbiq etish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari mutaxassis-olimlar hamkorligida tabiiy fanlarni o’qitishning ilg’or ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish muammolari muhokama qilinadi va о‘zaro fikr almashiniladi.

6. О‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnik dasturlari, xalqaro ilmiy dasturlari bilan bog‘liqligi.

Anjuman Davlat ilmiy dasturlari hamda xalqaro hamkorlik dasturlari bilan bog‘liq.

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.

Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tabiiy fanlarni o’qitish jarayonlari tahlil qilinadi. Yaxshi samaradorlikka erishgan interfaol usullar va ta’lim texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llanilishi uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

Ilmiy-amaliy anjumanda shifokorlar, professor-о‘qituvchilar, tayanch doktorant va doktorantlar, soha mutaxassislari, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar, magistr va bakalavr talabalar ishtirok etadilar.

9. Anjumanni о‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarning ishtiroki.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davlat va xususiy shifoxonalar mutaxassislari va respublikadagi tibbiyot davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tekshirish institutlari va markazlari olimlarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.