Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari

Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari

  • 03.04.2025
  • 9
Blog Image

 

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 25-26-aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro

miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻyicha

ASOSNOMA

 

1. Anjuman mavzusi. “Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari”

“Актуальные проблемы образования и воспитания в условиях цифровой трансформации”.

2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qator buyruq va koʻrsatmalari asos qilib olindi.

4. Anjumanning ilmiy yonalishi, maqsad va vazifalari.

Mamlakatimizda davlat ta'lim muassasalari bilan bir qatorda xususiy ta’lim muassasalari teng huquqlikda faoliyat olib borilmoqda. Har bir oliy ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini takomillashtirish va jahonda ro‘y berayotgan voqea hodisalarga ilmiy yondashuvni amalga oshirishda o‘z g‘oyalarini ilgari surmoqda. Shu o‘rinda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining o‘z o‘rni va mavqeiga ega. Turli sohalarda olib boriladigan ta’lim jarayonlarida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqaraoladigan yuqori malakali mutaxasis kadrlarni tayyorlab berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Anjuman iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida soha korxonalarning ishlab chiqarishdagi mavjud muommolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtodorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarida qaratiladi. Jahon talablariga mos innovatsion metodlar va texnologiyalarni sohaga qo‘llash orqali ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

Respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini amalga oshirishning muammolari va yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish.

6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog'liqligi.

Anjuman iqtidorli yoshlar ishtirokidagi Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajarilayotgan loyihalar hamda xalqaro ilmiy loyihalar bilan uzviy bog‘liq.

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.

Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Shuningdek, anjumanda institutda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning bakalavr diplom va magistrlik dissertatsiya ishlari natijalari tahlil qilinadi.

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

 

Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Chexiya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belorussiya, Tojikston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyuradi.

9. Anjumanni oʻtkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.

Anjumanda fan va ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari va boshqa oliy o‘quv yurtlarining yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.