Ilm-fan, ta’lim, innovatsiya tarix fanlarining dolzarb masalalari va zamonaviy jihatlari

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 23-24-mayda о‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ilm-fan, ta’lim, innovatsiya: tarix fanlarining dolzarb masalalari va zamonaviy jihatlari” mavzusida
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bо‘yicha
ASOSNOMA
1. Anjuman mavzusi. “Ilm-fan, ta'lim, innovatsiya: tarix fanlarining dolzarb masalalari va zamonaviy jihatlari”
Наука, образование, инновации: актуальные проблемы и современные аспекты исторических наук
2. Anjuman maqomi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.
3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni о‘tkazish uchun asos bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.
2022 yil 28-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-sonli Farmonida ilm-fanni rivojlantirish va maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash maqsadi koʼzlangan.
4. Anjumanning ilmiy yо‘nalishi, maqsad va vazifalari. Anjuman ilm-fan, ta'lim, innovatsiyaning ilmiy va tashkiliy asoslariga qaratiladi.
Bunda ilm-fan, ta'lim, innovatsiyaning yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlantirish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, qisqa qilib aytganda, respublikamizni har tomonlama rivojlantirish orqali jamiyatimizda inson qadrini ulugʼlashdek yuksak maqsad koʼzlangan. Bunda soha yо‘nalishlari bо‘yicha hamkorlikdagi innovatsion loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining tahlili va ishlab chiqarishga tatbiq etish, olingan natijalarni о‘quv jarayoniga uzviy bog‘liqligini qaror toptirish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
5. Muhokama qilinadigan muammolar.
Respublikamizdagi mutaxassis-olimlar hamkorligida ilm-fan, ta'lim, innovatsiyada tarix fanlarining dolzarb masalalari va zamonaviy jihatlari, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni rivojlantirish muammolari muhokama qilinadi va о‘zaro fikr almashiniladi.
6. О‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnik dasturlari, xalqaro ilmiy dasturlari bilan bog‘liqligi.
Anjuman Davlat ilm-fan, ta'lim, innovatsion dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy loyihalar hamda xalqaro hamkorlik dasturlari bilan bog‘liq.
7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.
Istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish. Ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish.
8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.
Ilmiy-amaliy anjumanda professor-о‘qituvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar mutaxassislar, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlar ishtirok etadilar.
9. Anjumanni о‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarning ishtiroki.
Anjumanda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Termiz davlat universiteti, Termiz arxeologiya muzeyi, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va matbaa sohalari mutaxassislari va respublikadagi boshqa OО‘YU hamda ilmiy tekshirish institutlari va markazlari olimlarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.