“Chet tilini o‘rganishdagi samarali usullar” mavzusida seminar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2025-yil 25-yanvar kunida AQShlik professor tomonidan “Chet tilini o‘rganishdagi samarali usullar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga AQSHning Kaliforniya davlat universiteti professori Mosse Julie Heather tashrif buyurib, “Chet tilini o‘rganishdagi samarali usullar” mavzusida seminar o‘tkazdi. Ushbu seminarda chet tili o‘rganish jarayonidagi eng samarali metod va texnikalar haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Professor Mosse Julie Heather ishtirokchilarga til o‘rganishda muvaffaqiyatga erishish uchun ilmiy yondashuv va zamonaviy metodlarni qo‘llash zarurligini ta’kidladi. Seminar davomida o‘qish, tinglash, yozish va gapirish kabi til ko‘nikmalarini birgalikda rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Talabalar bu tajribali mutaxassisdan til o‘rganish sohalarini yanada samarali qilish uchun foydali va amaliy maslahatlar olishdi. Seminar yuqori darajada bo‘lib o‘tdi. Bu kabi seminarlar universitetning xalqaro miqyosdagi ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi.