Bugungi amaliyotchi — ertangi o'qituvchi

Bugungi amaliyotchi — ertangi o'qituvchi

  • 18.09.2026
  • 6
Blog Image

 Haqiqiy pedagoglik mahorati auditoriyada olingan bilimlar bilan birga, maktabdagi amaliy tajriba orqali shakllanadi. Shu bois Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ta'lim jarayoni nazariy va amaliy bilimlar o'zaro uyg'unlikda olib boriladi.

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliyot oldi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda fakultet dekani Tolibjon Avliyaqulov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Alijon Esanov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarni umumta’lim maktablariga 8 haftalik pedagogik amaliyotga kuzatish oldidan amaliyotning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, maktab jamoasi bilan ishlash, dars jarayonlarini tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish masalalari yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, talabalarga amaliyot davrida nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, o‘z ustida ishlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.