Rektor stipendiyasi sohibasi - Saydullayeva Maftuna Azamat qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Saydullayeva Maftuna Azamat qizi

  • 12.03.2025
  • 39
Blog Image

Saydullayeva Maftuna Azamat qizi - 2004-yil Denov tumanida tug‘ilgan. Sherobod tumanidagi 56-sonli umum taʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan bo‘lgan Maftuna maktab davridan she’riyatga qiziqishi baland bo‘lgan. Keyinchalik tibbiyot sohasini tanlab, malakali shifokor bo‘lishni maqsad qilgan.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

· Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalarining 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan 2-an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”sida oʻz maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· Universitet miqyosida tashkil qilingan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovida qatnashib faxrli 3-o‘rinni olgan;

 

· “Talabalik - oltin davrim” mavzusidagi maqolalar tanlovida ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egallagan;

 

· Universitet mening hayotimdamavzusidagi maqolalar tanlovida ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egallagan;

 

· “Tibbiyotning dolzarb muammolariga ilmiy-innovatsion yondashuv” mavzusida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya da o‘z maqolasi bilan faol ishtirok etgan;

 

· Universitet doirasida tashkil etilgan fanlar olimpiadasida Yangi tahrirdagi konstitutsiya fanidan o‘tkazilgan tanlovda faxrli 1- o‘rinni egallagan;

 

· “Zakovat” intellektual o‘yinlarining faol ishtirokchisi;

 

· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;

 

· Ingliz tilidan (B1) milliy sertifikatga ega;

 

· Ko‘plab ilmiy maqolalari va she’rlari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor stipendiyasi” sohibasiga aylandi. Kelgusida shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.