"Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari."

"Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari."

  • 19.01.2026
  • 75
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2026-yilda oʻtkazish uchun
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻyicha

ASOSNOMASI

 

1. Anjuman mavzusi. Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari.

Вопросы бухгалтерского учета, финансовой стабилности и развития туризма в националной экономике.

 

2. Anjuman maqomi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

 

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish uchun asos boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

Konferensiyani tashkil etish va oʻtkazishga quyidagi meʼyoriy-xuquqiy xujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari asos boʻlib hisoblanadi: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.12.2024-yildagi Surxondaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-439-sonli Qarori; 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi "2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-87-sonli Farmoni; 3. Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobi tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020-yildagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori; 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020-yildagi PF-5992-son 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023-yildagi PF-27-son 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoni

 

4. Anjumanning ilmiy yoʻnalishi, maqsad va vazifalari.

Respublika miqyosida iqtisodiyotning muhim yoʻnalishlari buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik hamda turizm sektorini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy yondashuvlarni birlashtirish, zamonaviy islohotlar samaradorligini ilmiy asosda baholash va sohalararo integratsiya imkoniyatlarini aniqlash konfereniyaning maqsadi hisoblanadi.

Konferensiyaning asosiy vazifalari sifatida Milliy hisob va xalqaro standartlar (MSFO) uygʻunligini taʻminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, Raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobi axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, Ichki audit, moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va korxonalarda hisob siyosatini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish, Kadrlar tayyorlash jarayonida amaliy koʻnikmalarni oshirishga doir yechimlar ishlab chiqish, Makroiqtisodiy barqarorlik va fiskal siyosatni optimallashtirish masalalarini oʻrganish, Bank tizimi, kapital bozorlarining rivojlanish holati va investitsiya muhitini mustahkamlash boʻyicha ilmiy takliflar berish, Kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish va ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirishning samarali modellari boʻyicha yechimlarni muhokama qilish, Raqamli moliya va fintech texnologiyalarini milliy iqtisodiyotga integratsiya qilish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.

 

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

“Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasida muhokama etiladigan asosiy muammolar quyidagilar:

Buxgalteriya hisobi sohasida - Ichki audit samaradorligining pastligi, Moliyaviy hisobotlarning shaffofligini taʻminlashdagi kamchiliklar. Xatolarni aniqlash va oldini olish boʻyicha risklarni boshqarish tizimlarining toʻliq ishlamasligi.

Moliyaviy barqarorlik sohasida - Kreditlar qaytish darajasining pastligi (NPL muammosi). Korxonalar uchun kredit resurslarining qimmatligi. Mintaqalar oʻrtasida moliyaviy xizmatlarga teng kirish imkoniyatining yetishmasligi. Yagona hududiy brendlarning shakllanmaganligi,

Turizm sohasida - xizmatlar sifatining standartlari yetarli emasligi, Ecoturizm, agro va madaniy turizm yoʻnalishlari boʻyicha xizmatlar assortimenti torligi.

 

6. Oʻtkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnik dasturlari, xalqaro ilmiy dasturlari bilan bogʻliqligi.

Konferensiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish dasturi, milliy iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi bilan toʻliq uygʻunlashgan. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy barqarorlik masalalari davlat tomonidan ilgari surilayotgan moliyaviy boshqaruv, audit va ichki nazorat tizimlarini modernizatsiya qilish dasturlari bilan bogʻliq holda, shuningdek, davlat ilmiy-texnik dasturlar (DITD) doirasida moliya, buxgalteriya va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bogʻliq. Raqamli moliya va fintech texnologiyalarini tadqiq etish, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, mahalliy auditorlar va buxgalterlar malakasini oshirish boʻyicha ilmiy loyihalar bilan bo-langan. Samarali natijalarni amaliyotga tatbiq etish konferensiya materiallari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, davlat dasturlarida moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish boʻyicha amaliy tadbirlar sifatida qoʻllanilishi mumkin.

 

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.

Ilmiy samaradorlik - “Milliy iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik va turizmni rivojlantirish masalalari” mavzusidagi konferensiya iqtisodiyot fanining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha chuqur ilmiy tahlillar, yechimlar va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilib, quyidagi ilmiy samaradorlikka ershiladi: Buxgalteriya hisobi, audit, moliya, makroiqtisodiy barqarorlik va turizm iqtisodiyoti boʻyicha yangi ilmiy yondashuvlar, tushunchalar va modellarning shakllanishi, mavjud nazariyalar zamonaviy iqtisodiy sharoitga mos ravishda qayta koʻrib chiqilishi, ularning milliy iqtisodiyotga tatbiq imkoniyatlari kengayishi, raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilning yangi konseptual asoslari boʻyicha ilmiy fikrlar integratsiyasi, iqtisodiy tadqiqot markazlari, universitetlar va amaliyotchi mutaxassislar oʻrtasida yangi ilmiy kooperatsiyalar shakllanishi yosh olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari uchun qoʻshma loyihalar, grantlar va ilmiy maktablar rivojlanishiga turtki berilishi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari kesimida koʻp tarmoqli tadqiqotlar olib borish uchun oʻzaro integratsiyalashgan ilmiy guruhlar tuzilishi, konferensiya materiallarining toʻplami, ilmiy maqolalar, tavsiyalar toʻplami va analitik hisobotlarning chop etilishi, yangi ilmiy gʻoyalar, metodikalar va ishlanmalar keyinchalik monografiya, oʻquv qoʻllanma va ilmiy izlanishlarda foydalanilishi, ilmiy maqolalar Scopus, Web of Science va OAK roʻyxatidagi jurnallarda chop etishga asos boʻladigan materiallar yaratish kabi natijalarga erishiladi.

 

Ijtimoiy samaradorlik – konferensiya nafaqat ilmiy-amaliy natijalar, balki keng qamrovli ijtimoiy samara berishi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur tadbir iqtisodiyotning asosiy sohalari orqali aholining farovonligini oshirish, bandlikni kengaytirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi quyidagi samaralarni shakllantiradi: buxgalteriya hisobi shaffofligi va moliyaviy intizom kuchayishi aholining iqtisodiy jarayonlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi, Moliyaviy barqaror korxonalar yaratish orqali ish oʻrinlari sonining koʻpayishi va aholining daromadlari oshishi, turizm rivojlanishi natijasida mahalliy aholi uchun xizmat koʻrsatish, hunarmandchilik, transport, savdo kabi yoʻnalishlarda barqaror daromad manbalarining paydo boʻlishi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv boʻyicha zamonaviy yondashuvlarning ommalashishi orqali tadbirkorlar, yosh mutaxassislar va aholining moliyaviy savodxonligi mustahkamlanadi, moliyaviy xavfsizlik, shaffof hisobot yuritish va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarining oshishi jamiyatda masʻuliyatli moliyaviy madaniyat shakllanishiga sabab boʻladi.

 

Iqtisodiy samaradorlik – Mazkur konferensiya iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida — buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va turizm industriyasini rivojlantirishda amaliy yechimlar va innovatsion yondashuvlarni taklif etish orqali keng koʻlamli iqtisodiy samara beradi. Tadbirdan kutilayotgan asosiy iqtisodiy natijalar quyidagilardan iborat: Korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash, risklarni boshqarish, likvidlikni optimallashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar iqtisodiy oʻsish surʻatlarini oshiradi, buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlarga moslashuvi investitsion muhitning yaxshilanishiga, xorijiy kapital oqimini koʻpayishiga xizmat qiladi, moliyaviy intizomning kuchayishi korxonalarning zararlarini kamaytiradi va resurslardan samarali foydalanishni taʻminlaydi, hisobotlarning shaffofligi va aniqligi oshishi korxonalarda notoʻgʻri hisob-kitoblar, moliyaviy xatolar va noqonuniy xarajatlarni kamaytiradi, raqamlashtirilgan buxgalteriya tizimlari korxona xarajatlarini optimallashtirish, resurs sarfini nazorat qilish va operatsion samaradorlikni oshirishga hissa qoʻshish kabi samaradorlikka erishiladi.

 

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

Ilmiy-amaliy anjumanda professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar mutaxassislar, yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda koʻngillilar ishtirok etadilar.

 

9. Anjumanni oʻtkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarning ishtiroki.

Anjumanda Surxondaryo viloyati “Mintaqaviy tadqiqot markazi” NNT, “Barqaror hayot” ijtimoiy maʼrifat markazi, Viloyat Soliq boshqarmasi vakillari va respublikadagi boshqa OOʻYU hamda ilmiy tekshirish institutlari va markazlari olimlarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.