“Zamonaviy ta'limda sun'iy intellektni qo'llashning istiqbollari va muammolari (boshlang'ich ta'lim misolida)”

“Zamonaviy ta'limda sun'iy intellektni qo'llashning istiqbollari va muammolari (boshlang'ich ta'lim misolida)”

  • 19.01.2026
  • 1115
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2026-yilda о‘tkazish uchun Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bо‘yicha

ASOSNOMASI

 

  1. Anjuman mavzusi. “Zamonaviy ta'limda sun'iy intellektni qo'llashning istiqbollari va muammolari (boshlang'ich ta'lim misolida)”.

Перспективы и проблемы применения ИИ в современном образовании (на примере начального образования”.

 

2. Anjuman maqomi. Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

 

3. Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanni о‘tkazish uchun asos bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-27-son qarori, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston» ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 717-son qarori. Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish. Bu qaror Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan ilmiy darajalar ro'yxatiga Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt ixtisosligini kiritish va ilmiy kengashlar faoliyatini takomillashtirishni ta'minladi. Ta'limda SI ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash va uslubiy yordam ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

 

4. Anjumanning ilmiy yо‘nalishi, maqsad va vazifalari. Dunyo miqyosida yetakchi olimlar, pedagoglar, davlat siyosati ishlab chiquvchilari, EdTech kompaniyalari va sun’iy intellekt tadqiqotchilarinining fikrlari, tahlillarini bir joyga to‘plash, boshlang’ich ta’limda sun’iy intellektni joriy etishning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini chuqur tahlil qilish, global eng yaxshi tajribalarni almashish hamda mas’uliyatli va samarali SI texnologiyalarini boshlang’ich ta’limda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Estoniya, AQSh, Xitoy va boshqa yetakchi davlatlarda boshlang’ich ta’limda sun’iy intellektni qo‘llashning eng muvaffaqiyatli tajribalari va innovatsion modellarini taqqoslab tahlil qilish.

 

5. Muhokama qilinadigan muammolar.

Respublikamizdagi barcha boshlang‘ich ta’lim tizimida tahsil olayotgan o‘quvchilarni SI imkoniyatlaridan foydalangan holda innovatsion g‘oyalar yaratishga o‘rgatish bо‘yicha о‘zaro fikr almashish.

 

6. О‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi.

Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasining davlat ilmiy-texnika dasturlari va strategik hujjatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.

 

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik.

Anjuman natijalaridan kutilayotgan samara: boshlang’ich ta’limda sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha ilmiy yo‘nalishning mustahkamlanishi, chekka hududdagi maktablarda ham arzon va sifatli vositalarining joriy etilishini targ‘ib qilishdan iborat. Bu sohada respublikamiz maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ijtimoiy-moliyaviy rag‘batlantirish uchun asosli ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.

 

8. Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.

Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda Germaniya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belorussiya, Tojikston, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-о‘qituvchilari ham tashrif buyuradi.

 

9. Anjumanni о‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki.

Anjumanda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, yetakchi mutaxassislari va OО‘YU mutaxassis olimlari, professor-о‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishlari rejalashtirilgan.