TISU va Ankara Hacı Bayram Veli universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TISU va Ankara Hacı Bayram Veli universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • 09.10.2026
  • 57
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga tashrif buyurib, poytaxt Anqara shahridagi Ankara Hacı Bayram Veli universiteti bilan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumni imzoladi.

Ankara Hacı Bayram Veli universiteti 2018-yil 18-mayda Gazi universitetining ayrim fakultetlari negizida tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasidir. Universitet yosh bo’lsa-da, uning fakultetlari boy akademik tajribaga ega. Xususan, iqtisodiy va ma’muriy fanlar fakultetining tarixi 1955-yilga borib taqaladi.
Universitet ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, turizm va san’at yo’nalishlariga ixtisoslashgan. 2023-yil 1-avgustdan buyon oliygohga siyosat, jamiyat va kommunikatsiya sohalarida ilmiy faoliyat olib boruvchi Prof. Dr. Mehmet Naci Bostancı rektorlik qilmoqda.

 Memorandum doirasida ikki oliygoh o’rtasida talaba va professor-o’qituvchilar almashinuvi (jumladan, Orhun dasturi asosida), turizm, moliya va menejment yo’nalishlarida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, iqtisodiyot va turizm sohalarida qo’shma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro grant loyihalari amalga oshiriladi.

Shuningdek, turk tilini o’qitish, madaniy meros bo’yicha qo’shma tadbirlar tashkil etish va Surxondaryo viloyatining turistik, xususan ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish ko’zda tutilgan.