E’tirof va ehtirom
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Usmonov Mansur Qurbonmurotovich O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Jo'rayev Sanjar Ramazanovich Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof munosabati bilan universitet Ilmiy kengashi yig‘ilishida Mansur Usmonov hamda Sanjar Jo'rayevning samarali mehnati, sport va tibbiyot sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Ushbu mukofot ustozlarimizning kasbiy faoliyatidagi fidoyiligi, ta’limga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yosh avlodni ma'nan va jismonan barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi mehnatining e’tirofi bo‘ldi.
.jpg)