TISU o‘qituvchilari xalqaro mahorat darsida ishtirok etdi

TISU o‘qituvchilari xalqaro mahorat darsida ishtirok etdi

  • 07.10.2026
  • 100
Blog Image

Samarqand shahrida ACCA tomonidan tashkil etilgan “Mastering IFRS & ACCA Methodology” mavzusidagi mahorat darsida Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahnoza Muzrapova hamda Moliya va turizm kafedrasi o‘qituvchisi Kattakul Kinjayevlar ishtirok etdi.

TYMBA Education Group vakili, ACCA mutaxassisi Nurul Thariah Binti Zulhardy olib borgan mashg‘ulotda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (IFRS) amaliy misollar asosida o‘qitish, audit risklarini baholash va talabalarni ACCA imtihonlariga tayyorlashning samarali usullari o‘rganildi. Tadbir yakunida o‘qituvchilarimiz maxsus sertifikatni qo'lga kiritishdi.

 Ushbu ishtirok universitetda buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va audit fanlari mazmunini xalqaro talablar asosida boyitish, darslarda amaliy vaziyatlar va zamonaviy baholash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Olingan tajribalarni kafedralarda ommalashtirish esa talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni xalqaro sertifikatlash imtihonlariga tayyorlash uchun metodik asoslarni mustahkamlashga xizmat qiladi.