TISUda navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TISUda navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 02.10.2026
  • 24
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish bilan bog‘liq qator muhim masalalar muhokama qilindi.

 Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy maqolalar va nashrlar samaradorligi, ilmiy daraja va unvonlarga ega mutaxassislar safini kengaytirish, ilmiy loyihalar va tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Yig‘ilishda universitetning akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va undan muvaffaqiyatli o‘tish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ta’lim sifati, ichki nazorat va hujjatlarni tartibga keltirish, belgilangan mezon va talablar asosida ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Kengash yig‘ilishi doirasida universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida munosib natijalarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) diplomlari tantanali ravishda topshirildi.