“Talabalar ligasi” musobaqalarida yana bir yuksak natija!

“Talabalar ligasi” musobaqalarida yana bir yuksak natija!

  • 20.05.2026
  • 47
Blog Image

Termiz davlat universitetida kurash sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 260 nafardan ortiq talaba-sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.



Mazkur nufuzli musobaqada Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, faxrli natijalarni qo‘lga kiritdilar.

 

  • Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Zokir Jo‘rayev 66 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
  • Shuningdek, Tarix yo‘nalishi talabasi Madina Abdulxamidova +78 kg vazn toifasida yuksak mahorat namoyish etib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


G‘olib sportchilarimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!