TISUda doktorantura ochildi

TISUda doktorantura ochildi

  • 19.05.2026
  • 85
Blog Image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga bir qator doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya berildi. Mazkur qaror universitet ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Endilikda universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:

— Etnografiya, etnologiya va antropologiya
— Oʻzbekiston tarixi
— Moliya, pul muomalasi va kredit
— Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
— Morfologiya
— Xirurgiya

 

Ushbu doktorantura yo‘nalishlarining ochilishi nafaqat universitet, balki butun hudud ilm-fani rivoji uchun ham muhim voqea hisoblanadi. Yangi ixtisosliklar orqali ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

 

Shuningdek, mazkur litsenziyalar universitetda zamonaviy ilmiy maktablarni shakllantirish, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga muhim zamin yaratadi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bugungi kunda nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki ilm-fan va innovatsiyalar markazi sifatida ham izchil rivojlanib bormoqda. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday yutuqlar kelgusida yetuk olimlar, malakali mutaxassislar va innovator kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.