TISUda talabalarning IV ilmiy-amaliy konferensiyasi

TISUda talabalarning IV ilmiy-amaliy konferensiyasi

  • 18.05.2026
  • 72
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish maqsadida talabalarning 2026-yilgi an’anaviy IV ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.



Mazkur anjumanda universitetning ilmiy-amaliy izlanishlar olib borayotgan barcha bakalavr va magistrant talabalari o‘z maqola va tezislari bilan faol ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida iqtisodiyot, pedagogika, filologiya, axborot texnologiyalari, tibbiyot, turizm, ijtimoiy-gumanitar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan jami 17 ta sho‘ba faoliyat yuritmoqda. Anjuman davomida talabalar o‘z ilmiy ishlari, innovatsion g‘oyalari va amaliy takliflari bilan chiqishlar qilib, ilmiy munozaralarda faol qatnashmoqda.



Shuningdek, tashkiliy qo‘mita tomonidan shakllantirilgan ekspert va tahrir hay’ati tomonidan ijobiy baholangan hamda saralab olingan tezislar umumlashtirilib, ilmiy to‘plam shaklida nashr etilishi rejalashtirilgan. Konferensiya yakunida har bir sho‘ba bo‘yicha eng faol va eng yaxshi ilmiy maqola mualliflari orasidan 1-, 2- va 3-o‘rinlar aniqlanib, g‘olib talabalar pul mukofotlari hamda diplomlar bilan taqdirlanadi.