“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi

  • 18.05.2026
  • 80
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.



Sport musobaqalari universitet talabalari o‘rtasida yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tkazilib, unda 6 ta sport turi — basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi hamda futbol bo‘yicha bahslar tashkil etildi. Har bir yo‘nalishda talabalar o‘z jismoniy tayyorgarligi, mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etishdi.



Musobaqalar davomida ayniqsa gandbol, stol tennisi va yengil atletika sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan talabalar alohida e’tirof etildi. Ushbu sport turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Bu esa universitet sportchilari uchun katta yutuq va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi.



Tantanali taqdirlash marosimida universitet rahbariyati tomonidan g‘olib va faol ishtirok etgan talabalarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.