“Rektor kubogi” sport g‘oliblari aniqlandi

“Rektor kubogi” sport g‘oliblari aniqlandi

  • 25.04.2026
  • 104
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqalar doirasida erkaklar o‘rtasida mini futbol, ayol-qizlar o‘rtasida esa volleybol bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning turli bo‘lim va fakultetlaridan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro sport mahorati, jamoaviy hamkorlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Erkaklar o‘rtasida mini futbol musobaqasi natijalari:

1-o‘rin — Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va marketing bo'limi jamoasi;
2-o‘rin — Jismoniy madaniyat jamoasi;
3-o‘rin — Rektorat jamoasi;
3-o‘rin — Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti jamoasi;

Ayol-qizlar o‘rtasida volleybol musobaqasi natijalari:

1-o‘rin — Ingliz filologiyasi kafedrasi jamoasi;
2-o‘rin — Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi jamoasi;
3-o‘rin — O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi;
3-o‘rin —Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi jamoasi;

 

Barcha g'olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!