Student Union jamoasi maktablarda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda

Student Union jamoasi maktablarda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda

  • 24.04.2026
  • 98
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Student Union jamoasi tomonidan shahardagi umumta’lim maktablarida targ‘ibot va tanishtiruv uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida o‘quvchilarga TISU Cambridge International School faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu ta’lim maskani xalqaro standartlarga asoslangan o‘quv dasturlari, xorijiy metodika asosida tashkil etilgan dars jarayonlari va zamonaviy yondashuvlari bilan ajralib turishi ta’kidlandi. 

 

Shuningdek, universitet huzurida faoliyat yuritayotgan EDUHUB markazi haqida ham batafsil ma’lumot berildi. EDUHUB markazida xorijiy tillarni o‘rganish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim olish hamda turli trening va seminarlar tashkil etilishi haqida tushuntirishlar olib borildi. Markaz yoshlarning bilim va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida e’tirof etildi.

 

Targ‘ibot jarayonida universitetdagi Bloomberg terminali imkoniyatlari ham alohida ta’kidlandi. Mazkur terminal orqali talabalar xalqaro moliya bozorlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va biznes tahlillari bilan ishlash imkoniyatiga ega ekani, bu esa amaliy bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida ma’lumot berildi.

 

Bundan tashqari, Termiz iqtisodiyot va servis universitetining xorijiy universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shma ta’lim dasturlari haqida ham o‘quvchilarga tushuntirishlar berildi. Ushbu hamkorliklar orqali talabalar ikki diplomli dasturlar, akademik almashinuv imkoniyatlari va xalqaro tajriba orttirish kabi afzalliklarga ega bo‘lishlari mumkinligi alohida qayd etildi.

 

Student Union jamoasining bu kabi tashabbuslari maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.