TISUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

TISUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

  • 24.04.2026
  • 153
Blog Image

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishini qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bitiruvchilar uchun amaliy imkoniyatlar yaratish, ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va kelajak kasbiy faoliyatiga yo‘naltirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

 

Shu maqsadda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Karyera kuni” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada viloyatdagi yetakchi korxona va tashkilotlar, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, tijorat banklari, soliq boshqarmasining hududiy bo‘linmalari, xususiy tashkilotlar hamda o‘quv markazlari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari, mehnat sharoitlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Tadbir davomida universitetning mingdan ziyod talabalari ishtirok etdi. Ular yarmarka orqali o‘z qiziqishi va mutaxassisligiga mos ish o‘rinlari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan suhbatlashish hamda kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilash imkoniga ega bo‘ldilar.

 

Mazkur “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi talabalar uchun nafaqat ish topish imkoniyati, balki mehnat bozori talablari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan professional aloqalar o‘rnatish hamda kelajak kasbiy faoliyatini rejalashtirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.