Oliy ta’lim tizimida tajriba almashuvi

Oliy ta’lim tizimida tajriba almashuvi

  • 23.04.2026
  • 189
Blog Image

Surxondaryo viloyatida Termiz davlat universitetining sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar doirasida respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan rektorlar hududdagi ta’lim maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari rektorlari va rahbarlaridan iborat delegatsiya Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi.

 

Mazkur tashrif doirasida mehmonlar universitetning ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi, ta’lim sifati hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, o‘quv binolari, sport inshootlari, laboratoriyalar va innovatsion markazlar faoliyati delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Universitet rahbariyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalar bilimini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.