“Milliy raqslar” tanlovi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish hamda milliy san’atimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy raqslar” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov universitet hayotida muhim madaniy tadbirlardan biri sifatida o‘tkazilib, unda talabalar jamoaviy guruhlar hamda yakka tartibda chiqishlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan milliy raqslar o‘zining betakror jozibasi, nafis harakatlari va milliy ruhni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tanlov davomida har bir chiqish milliy an’analarimizni, xalqimizning boy madaniy merosini va o‘ziga xos raqs maktablarini yuksak did bilan ifoda etdi. Talabalar nafaqat raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini, balki sahna madaniyati, uyg‘unlik va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ham namoyon qildilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari sahna madaniyati, ijro mahorati, milliylikni aks ettirish darajasi va tomoshabinlarga yetkazilgan badiiy taassurot asosida baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Qayumova Shahlo
2-o‘rin – “Surxon sadolari” jamoasi
3-o‘rin – Ahmadova Sitora
Tanlov yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirok etgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

.jpg)


