“Milliy libos – ajdodlar merosi”

“Milliy libos – ajdodlar merosi”

  • 21.04.2026
  • 99
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy madaniy an’analarimizga hurmatini yanada mustahkamlash maqsadida “Milliy libos – ajdodlar merosi” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

 

Mazkur tanlov talaba-yoshlarning milliy o‘zlikni anglash, qadimiy urf-odatlarimiz va an’anaviy liboslarimizning tarixiy hamda ma’naviy ahamiyatini chuqurroq o‘rganishiga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘z insholarida milliy liboslarning nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqning tarixi, dunyoqarashi va qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim meros ekanini turli badiiy va tahliliy yondashuvlar orqali yoritib berdilar.

 

Hakamlar hay’ati tomonidan insholar mazmuni, badiiy ifoda, mustaqil fikr va mavzuni yoritish darajasiga ko‘ra baholandi.

 

Tanlov yakuniga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin – Nozila Jo‘raboyeva;
2-o‘rin – Xosila Roziqova;
3-o‘rin – Shohida Anvarjonova;

 

G‘olib va faol ishtirok etgan talabalar tanlov yakunida diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.