“Nima qilsakki, odamlar bizni aynan o‘ylaganimizdek tushunsa?”
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida mashhur notiq, “Najot Nur” markazi asoschisi hamda “Audionoma” audiokitoblar loyihasi asoschisi Najot Nur bilan talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida notiq talabalarga notiqlik san’ati, nutq madaniyati, taqdimot o‘tkazish mahorati, fikrlarni tizimli ravishda bayon etish hamda konstruktiv nutq qurish kabi muhim mavzular yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, auditoriya oldida chiqish qilishda o‘ziga ishonch, tinglovchilar bilan muloqot o‘rnatish, fikrni sodda va tushunarli yetkazish usullari haqida ham qiziqarli misollar keltirdi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Najot Nur yoshlarni ko‘proq kitob o‘qishga, ilm olishga, o‘z ustida muntazam ishlashga chaqirib, bilimli va tafakkuri keng avlodgina jamiyat rivojiga katta hissa qo‘sha olishini ta’kidladi.


