“Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi

“Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi

  • 01.04.2026
  • 141
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda talabalarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalariga rasman start berildi. 

 

Ochilish marosimida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda sportga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, jismoniy faollikning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Mazkur sport musobaqalarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol, qizlar o‘rtasida esa volleybol sport turi bo‘yicha jamoalar o‘zaro bahs olib boradi. Mini futbol musobaqalarida jami 80 ta jamoa, qizlar o‘rtasidagi volleybol bahslarida esa 40 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib borishi kutilmoqda.