EDUHUB markazida taqdirlash marosimi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida faoliyat yuritayotgan EDUHUB markazi tomonidan tashkil etilgan til kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida markazning General English (Beginner, Pre-Intermediate), Kids English hamda rus tili kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan 80 dan ortiq bitiruvchilar tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Marosimda EDUHUB markazi o‘qituvchilari, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy qutlashdi. Tadbirda mehmon sifatida Prezident maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Nyabere Samuel Choi hamda Rektor maslahatchisi Pardayev Asqar Misirovich ishtirok etib, bitiruvchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, EDUHUB markazida zamonaviy metodika asosida olib borilayotgan darslar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda amaliy muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni tinglovchilarning til o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi. Shu sababli markaz kurslarida qatnashayotgan yoshlar qisqa muddat ichida sezilarli natijalarga erishib kelmoqda.


