Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida universitet faoliyatiga oid qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
- Xususan, universitet o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni keng jalb qilish, professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar holati, shuningdek universitetda sport, madaniy hamda intellektual tanlovlar, tadbir va musobaqalarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
- Shuningdek, yig‘ilishda universitet bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlash masalalari ham alohida muhokama qilinib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
- Tadbir davomida ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasi diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
- Bundan tashqari, matematika fani bo‘yicha o‘tkazilgan VI Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS–2026)da faxrli 2-o‘rinni egallagan talaba R. Tilovqobilov ham alohida e’tirof etilib, taqdirlandi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.



