Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tanlov g‘oliblari taqdirlandi

  • 31.03.2026
  • 215
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan bir qator ijodiy tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

 

Tadbir davomida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin – Nozila Jo‘raboyeva
2-o‘rin – Zumrad Faxriddinova
3-o‘rin – Xosila Roziqova

 


Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish maqsadida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra:

 

1-o‘rin – Sarvinoz Abdumalikova 
2-o‘rin – Sevinch Saidaminova 
3-o‘rin – Xushro‘ybegim Narzullayeva  hamda  Roxila Ro‘ziboyeva 

 


Mazkur shior ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi ham talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

 

1-o‘rin – Faxriddin Qorjovov 
2-o‘rin – Laylo Xudoyorova 
3-o‘rin – Barchinoy Umarova 

 

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida fakultetlararo tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini yakuniga yetib, g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tgan o‘yin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “No Comment” jamoasi;
2-o‘rin – Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining “Diplomacy” jamoasi;
3-o‘rin – Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining “Legion” jamoasi.

 

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiy-vatanparvarlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

 

Musobaqada quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

  • Komronbek Karimov;
  • Umidjon Asqarov;
  • Salohiddin Jumayev;
  • Ubaydullo Zaydullayev;
  • Fotima Eshquvvatova;

 

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.