Alfraganus universiteti va TISU o‘rtasida muhim kelishuv imzolandi

Alfraganus universiteti va TISU o‘rtasida muhim kelishuv imzolandi

  • 28.03.2026
  • 209
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Alfraganus universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

Memorandum doirasida tomonlar ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshirish, talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalarida ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur hamkorlik ikki universitet uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, malakali kadrlar tayyorlash sifati oshishiga va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.